Jamiyat | 16:58 / 14.10.2016
7898
1 daqiqa o‘qiladi

Jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati hisobot yilining 15 oktabriga qadar etib belgilandi

Foto: imbf.org

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 272- va 287-moddalariga asosan egaligida soliq solinadigan mol-mulki va yer uchastkalari bo‘lgan jismoniy shaxslar hamda dehqon xo‘jaliklari jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari to‘lovchilari hisoblanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

Soliq davri uchun jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlarini to‘lash muddati hisobot yilining 15 oktabriga qadar etib belgilangan.
O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik Sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid