Jahon | 09:32 / 15.10.2016
7588
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh HDK tergovchisi maxfiy ma'lumotlarni sotganligi uchun qamaldi

Foto: abcnews

AQSh sudi mamlakat harbiy dengiz kuchlari tergovchisi Jon Belivoni maxfiy ma'lumotlarni sotganligi uchun 12 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Belivo Glenn Defense Marine Asia kompaniyasi direktori Leonard Frensisga maxfiy ma'lumotlarni, aniqrog‘i mazkur kompaniyaga nisbatan olib borilgan tergov hujjatlarini topshirganini tasdiqlagan. 

Xususan, tergovchi Frensisga katta miqdordagi hujjatlar to‘plamini topshirishdan tashqari, guvohlarning nomini ham oshkor qilgan. 

Frensis Belivoning bu xizmati uchun unga pul bergan, hamda samolyot, mehmonxona va fohishalar uchun xizmat haqini to‘lagan. 

Mavzuga oid