Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Efiopiya global isish tufayli "gullagan bog‘"ga aylanadi
AQSh va Efiopiya olimlari global isish Afrikaning eng issiq mamlakatlaridan birida nimalarga olib kelishi mumkinligini o‘rganib chiqishdi hamda uni qishloq xo‘jaligi va gidroenergetikaning "gullab-yashnashi" kutayotganini aniqlashdi. Climatic Change shu haqda maqola chop etdi.
Tadqiqotchilar o‘rtacha haroratning 1-2 darajaga o‘sishi Efiopiyaga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini aniqlash maqsadida iqlimiy va gidrologik modellardan foydalanishdi. Ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatdagi yog‘ingarchilikning umumiy miqdori 20-30 foizga oshadi. Yomg‘irlar mavsumida yog‘ingarchilikning oshishi bilan birga hozirgi quruq mavsumda ham vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lib turishi kutilmoqda.
Tadqiqotchilar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilikning ko‘payishi Efiopiyada bir yilda ikki marta hosil olish imkonini yaratadi (hozircha yilda bir marta hosil olinadi). Nazariyaga asoslangan taxminlar yog‘ingarchilik miqdorining keskin oshishi Efiopiyani qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi eksportyor-mamlakatga aylanishiga ishora qiladi. Bu juda muhim, chunki u yerda dunyodagi eng yirik - 5,25 gigavattli GES qurilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
12:05 / 16.05.2025