Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irlandiyada mehmon jamoa 13 daqiqada 4ta javob to‘pi kiritib, yengildi
Xabarlarga ko‘ra, Irlandiya chempionatining 31-turida ajoyib futbol o‘yini bo‘lib o‘tgan. Unda, mehmonlar jamoasi 13 daqiqada 4ta javob to‘pi kiritganiga qaramay, mag‘lubiyatdan qutila olmagan.
O‘yin "Ueksford Yuts" va "Goluey Yunayted" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. 14 oktabrda "Ueksford"ning o‘z maydoni "Ferrikarrig Park"da tashkil etilgan uchrashuv mezbonlarning 5:4 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.
Qayd etilishicha, "Ueksford" o‘yin davomida ustunligini namoyish etgan va birinchi taymda 3ta hamda ikkinchi taymning dastlabki 7 daqiqasida yana 2ta gol kiritgan. Ayni shu pallada, o‘z g‘alabalariga ishongan futbolchilar o‘yin tizginini raqiblariga berib qo‘ygani ularga qimmatga tushishi mumkin edi. "Goluey Yunayted" ajoyib iroda namoyish etib, 61-daqiqadan 74-daqiqagacha 4ta javob to‘pi kiritishgan va mezbonlarning hamda g‘alabadan sarmast mahalliy muxlislarning hushini joyiga keltirib qo‘ygan. Shunday bo‘lsa-da, "Ueksford" katta qiyinchilik bilan hisobni saqlab qolishning uddasidan chiqqan.
Biroq, ushbu g‘alaba 22 ochkoga ega "Ueksford"ga turnir jadvalining oxiridan bitta oldingi 11-o‘rinini tark etishga imkon bermagan. "Goluey Yunayted" hisobida esa 37 ochko bo‘lib, 9-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid
14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
11:08 / 06.03.2025
Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin
19:19 / 24.02.2025