Iqtisodiyot | 16:15 / 15.10.2016
6270
1 daqiqa o‘qiladi

«Rosneft» Hindistonga neft yetkazib beradi

Foto: rbc

«Rosneft» 10 yil davomida Hindistonga 100 mln tonna neft yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, Rossiya prezident Vladimir Putin Hindiston hukumati rahbari Narendra Modi bilan o‘tkazgan uchrashuvi so‘nggida ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda «Interfaks».

«Rosneft 10 yil mobaynida Hindistonga 100 mln tonna neft eksport qilmoqchi, «Gazprom» yiliga 2,5 mln tonna suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomani bajarishni boshladi», — degan Rossiya rahbari. 

U shuningdek, Rossiya 2016 yil birinchi yarim yilligida Hindistonga 2 mln tonna ko‘mir yetkazib berganini ma'lum qilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid