Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik admiral AQShning yangi esminetsini Betmen kemasiga qiyosladi
AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga eng yangi raketa esminetsi Zumwalt kiritildi. Bu bilan bog‘liq tantanali marosim 15 oktabrda bo‘lib o‘tdi. Marosimda AQSh Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Garri Xarris ham ishtirok etdi. U o‘z nutqida Zumwalt’ni Betmen kemasiga qiyosladi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
"Agar Betmenda harbiy kema bo‘lganda, u Zumwalt bo‘lardi", deb aytdi Xarris.
"Bizning prezident va amerika xalqida xavfsizlikka chanqoqlik bor ekan, menda bu xavfsizlikni ta'minlaydigan narsalarga ochofatlarcha ishtaha bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Xarris.
AQSh harbiy-dengiz kuchlari vaziri Rey Mabus yangi kemani AQShning harbiy-dengiz kemalari orasidagi "ulkan sakrash" deb atadi. Uning aytishicha, bu kema yangi imkoniyat va tizimlarga ega bo‘ladigan yangi sinfdagi kemalarning birinchisi bo‘ladi.
Yangi kemaning og‘irligi 15 ming tonnaga yaqinni tashkil qiladi. Uni qurish uchun 4,4 mlrd dollar sarflangan. Esminets Ikkinchi jahon va Vetnam urushlari qahramoni, admiral Elmo Zumvalt nomi bilan atalgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025