Hindistonda josuslikda gumon qilinib, 153ta kabutar qo‘lga olindi
Hindiston politsiyasi Kashmirda 150dan ortiq kabutarni Pokiston razvedkasiga ishlashda gumon qilib qo‘lga olgan. Bu haqda Khaleej Times nashri xabar tarqatdi.
Shubhali yuk mashinasi chegara yaqinida to‘xtatilgan. Unda halqa taqilgan va pushti ranglarga bo‘yalgan qushlar solingan qutilar topilgan.
Hodisa Jammu va Kashmir shtatlari hududida ro‘y bergan. Huquq tartibot organlari bu vaqtda vodiyda shubhali harakatlarni tekshirish bo‘yicha amaliyot o‘tkazayotgandi.
Hozirda Hindiston huquq tartibot organlari bu qushlar Pokiston chegarasi orqali josuslikda foydalanilgani bo‘yicha gumonni tekshirmoqda.
Qushlar juda yomon sharoitlarda saqlangan. Tekshiruvlar yakunida ular ozodlikka qo‘yib yuborilishi mumkin.
3 oktabr kuni Hindiston politsiyasi bosh vazir Narendra Modiga tahdidli maktub eltayotgan kabutarni hibsga olgandi.
qush Panjob shtatida, Pokiston bilan chegara yaqinida aniqlangan. Bu yerda jangarilar yanvar oyida Hindiston harbiy bazasiga hujum uyushtirgandi. Politsiyachilar kabutarda «Modi, biz 1971 yildagi odamlar emasmiz. Hozir har bir bola Hindiston bilan kurashishga tayyor» degan matnli xat bo‘lgan. Mazkur maktubga «Lashkar-i-Toyyiba» guruhi muallif bo‘lgani taxmin etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar terrorchilar Kashmirdagi hind harbiylariga hujum qilib, 18 kishini o‘ldirganidan so‘ng murakkablashdi. Hindiston tomoni bunda Pokistonni aybladi. Mazkur hodisadan so‘ng nazorat chizig‘ida bir necha bor otishmalar yuz berdi.
Mavzuga oid
16:50 / 16.11.2024
Hindistonda havo ifloslanishi kuchayib ketganidan Toj Mahal ko‘rinmay qoldi
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024