Sport | 19:39 / 16.10.2016
7899
2 daqiqa o‘qiladi

Pogba Ibrahimovichni katta og‘a deb atadi

Foto: eurosport.com

«Manchester Yunayted»ning fransiyalik yarimhimoyachisi Pol Pogba o‘zining Zlatan Ibrahimovich bilan do‘stona munosabati haqida gapirdi.

«Zlatan men uchun katta og‘am kabi. Unda g‘oliblik mentaliteti mavjud, u buyuk futbolchi. U «Manchester Yunayted» uchun juda muhim futbolchi hamdir.

Mening jamoaga moslashishim uchun vaqt talab etildi. Mening transferim qiymatimi? Bu tufayli bosim ostida qolmadim. Eng asosiysi jamoam va uning g‘alabalari. Men g‘alaba vaqtida ham, mag‘lubiyat vaqtida ham jamoam bilan birga bo‘laman», dedi Pogba Telefoot efirida.

Eslatib o‘tamiz, Pol Pogba va Zlatan Ibrhaimovich yozgi transferlar vaqtida «MYu» a'zosiga aylanishdi. Shvetsiyalik futbolchi klub bilan erkin agent sifatida 1 yillik shartnoma tuzdi. Pogbani esa «Yuventus»dan 105 million yevro evaziga xarid qilishdi va u futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolchi sifatida qayd etildi.

Pogba APLning joriy mavsumida 6 uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol urdi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid