Jahon | 08:03 / 16.10.2016
5452
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Lozannadagi uchrashuvda Suriyada siyosiy jarayonni tezlik bilan boshlashga kelishib olindi

Foto: Reuters

Shveytsariyaning Lozanna shahrida Suriya bo‘yicha o‘tgan uchrashuvda bu mamlakatda siyosiy jarayonni tezlik bilan boshlashga kelishib olindi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.  

"Biz bir ovozdan siyosiy jarayonni boshlashni cho‘zmaslik kerakligini aytdik. Vaziyatga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan, bugun bu davrada muhokama qilingan bir nechta fikrlar bor", deb aytdi Lavrov. 

Lavrovning aytishicha, uchrashuv sermazmun o‘tdi. Ko‘p tomonlama muhokamaning ishtirokchilari aloqalarni yaqin orada davom ettirishga kelishib olishdi.

"Suriyadagi vaziyatni tartibga solishga yordam beruvchi ba'zi kelishuvlarga erishilishiga umid bog‘lagan holda aloqalarni yaqin kunlarda davom ettirishga kelishib oldik", deb qo‘shimcha qildi Lavrov.

Uchrashuvda Rossiya, AQSh, Iroq, Eron, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Misr tashqi ishlar vazirlari ishtirok etishdi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid