Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shotlandiyalik chaqaloqlar 2017 yildan boshlab hukumatdan sovg‘alar oladilar
2017 yildan boshlab Shotlandiyada tug‘iladigan har bir bola chaqaloqlarga kerakli bo‘ladigan buyumlar solingan qutilarni sovg‘aga olishadi, deb ma'lum qildi Shotlandiya birinchi vaziri Nikola Sterjyen. Bu haqda Independent xabar bermoqda.
Uning aytishicha, bu amaliyot tatbiq qilinadigan ilk hududlarda ayollar ushbu sovg‘alarni yanvardan boshlab olishadi. Loyiha esa to‘liq yozdan ishga tushiriladi.
"Biz har bir bolakayga chaqaloqlar uchun zarur bo‘lgan buyumlar qutisini berishga va'da berdik. Bu Finlyandiyadan o‘rnak qilib olingan siyosat bo‘lib, u dunyodagi bolalar o‘limining eng past ko‘rsatkichlariga olib kelgan", deb aytdi Sterjyen.
Bunday qutining birinchisi Yangi yil nishonlanayotgan vaqtdayoq o‘z egasiga yuboriladi.
Ta'kidlanishicha, Finlyandiyada bunday qutilar 80 yildan beri barcha homilador ayollarga berib kelinadi. Qutida bolalar kiyimidan boshlab tagliklargacha chaqaloqlarga mo‘ljallangan 80 dan ko‘proq buyum bo‘ladi. Ba'zida bolalar bu qutilarda uxlashadi ham.
Mavzuga oid
10:53 / 30.03.2025
Olimlar hech qanday tirik jonzotga o‘xshamaydigan organizmni topishdi
11:05 / 11.01.2025
Uzoq Shotlandiya orolini boshqaradigan “menejer” qidirilmoqda. Hududda odamlar yo‘q, faqat dengiz qushlari bor
17:38 / 01.01.2025
Yangi yilning dastlabki 17 soatida 1040 nafar chaqaloq tug‘ildi
22:19 / 09.11.2024