O‘zbekiston | 18:48 / 17.10.2016
42100
3 daqiqa o‘qiladi

18 oktabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida qor yog‘ishi kutilmoqda

Foto: Pixland.uz

18 oktabr, seshanba o‘tar kechasi va seshanba kuni kunduzi O‘zbekistonning qator hududlarida, xususan, Toshkent shahrida qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» markazi xabar bergan.

Toshkent shahri

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 5—10 metr tezlikda esadi, 12—17 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8…+10 daraja iliq, kunduzi +10…+12 daraja iliq bo‘ladi, kechga tomon +4…+6 daraja iliqgacha pasayadi.

Qoraqalpog‘iston Respubliksi va Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +1…+6 daraja iliq, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3…+8 daraja iliq, kunduzi +7…+12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 daraja iliq, kunduzi +8…+13 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati

Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +11…+16 daraja iliq, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5…+10 iliq, kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba'zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan soniyasiga 7—12 metr tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0…+5 daraja, kunduzi +5…+10 daraja iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid