Sport | 10:26 / 17.10.2016
9145
1 daqiqa o‘qiladi

«Betis»ning yosh futbolchisi o‘yindan keyin Ronaldu bilan suratga tushish uchun uni 20 daqiqa kutib turdi

Transfer huquqi «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan «Betis» jamoasi yarim himoyachisi Charli Musonda Ispaniya chempionati doirasida «Real»ga qarshi o‘yindan keyin 20 daqiqa davomida madridliklar hujumchisi Krishtianu Ronalduni kutib turdi. U o‘z kumiri bo‘lmish futbolchi bilan suratga tushish hamda futbolkaga imzo qo‘ydirish uchun raqiblar futbolchisini yo‘lakda kutib turgan.

Belgiyalik bu 20 yoshli futbolchi madridliklarga qarshi o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazgandi.

Mavzuga oid