Jahon | 10:17 / 17.10.2016
8212
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada yil boshidan buyon 2 mingdan ortiq bola mikrotsefaliya bilan tug‘ildi

Foto: AP

Braziliyada yil boshidan beri 2 mingdan ziyod bola mikrotsefaliya tashxisi bilan tug‘ildi, bu ayollarning homiladorlik paytida Zika bezgagiga chalinganligi bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda. Bu haqida Janubiy Amerika mamlakatining Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Bolalarning rivojlanishdan ortda qolish holatlari bilan tug‘ilishi mamlakatning 26 shtati va poytaxt federal okrugida aniqlangan. Mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan boalalar eng ko‘p Pernambuko shtatida qayd etilgan. 

Bir yil avval Braziliya tibbiyot boshqarmasi 9,8 ming mikrotsefaliya holati tufayli mamlakatda favqulodda holat e'lon qilishgan edi, keyinchalik ulardan 4,7 ming nafari o‘z tasdig‘ini topmadi.  Aynan Zika bezgagi natijasida mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan bolalar soni o‘shanda 386 nafarni tashkil qildi. Bu haqida Telesur kanali ma'lum qilgandi. 

Zika bezgagi - maymunlarning o‘tkir infeksion kasalligi bo‘lib, u insonga chivinlar orqali o‘tadi. Virus homilador ayollar uchun juda xavfli, chunki u bolaning mikrotsefaliya (miyaning potensial og‘ir shikastlanishi) bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid