Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Suriya va uning ittifoqdoshlarini Xalqaro jinoyat sudi oldida javob berishga chaqiradi
Yevropa Ittifoqi davlatlari tashqi ishlar vazirlari Suriya va uning ittifoqdoshlarini Xalqaro jinoyat sudi oldida javob berishga chaqiradi. 17 oktabrda Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu band Lyuksemburgdagi uchrashuv natijalariga ko‘ra qabul qilinadigan loyihada bor.
Ta'kidlanishicha, tashqi ishlar vazirlari Halabning sharqiy qismidagi vaziyatning "falokatli tarzda avj olganini" qoralamoqchilar va tinch aholi va shifoxonalarga berilayotgan zarbalarni harbiy jinoyatlarga tenglashtirmoqchilar.
Bundan tashqari, ular Suriyada jangovar harakatlarni to‘xtatish va gumanitar yordamni yetkazishni ta'minlashga chaqiradilar. Shuningdek, vazirlar Suriyadagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha muzokaralarga Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerinini qo‘shishni taklif qilishadi.
Oxirgi oylarda Halabdagi vaziyat o‘ta keskinlashib ketdi. AQSh Rossiyani tinch aholini va qurollangan muxolifatni bombardimon qilishda ayblab kelmoqda. Damashq va Moskva esa o‘z navbatida zarbalar faqatgina terrorchilarga berilayotganini aytmoqda va Vashingtonni o‘rtamiyona muxolifat otryadlariga ta'sir ko‘rsatishga qodir emaslikda ayblamoqda.
Mavzuga oid
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
20:02 / 24.05.2025