Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyadagi Drakula qasri 1948 yildan beri ilk marta mehmonlarni tunashga taklif qilmoqda
Turar joy ijarasi bilan shug‘ullanuvchi Airbnb servisi sayyohlarga Drakula qasri sifatida mashhur bo‘lgan Ruminiyadagi Bran qasrida tunashni taklif qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Ushbu qasr hududida tunni o‘tkazishga 1948 yildan beri ilk marotaba ruxsat berilmoqda.
Airbnb aksiyasi doirasida ikki nafar g‘olib 31 oktabrdan 1 noyabrga o‘tar tunni qasrda o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. buning uchun ular Drakula bilan shaxsiy uchrashuvda qanday suhbat bo‘lishini o‘zlari o‘ylab topishga to‘g‘ri keladi.
Mehmonlar uchun ekskursiya uyushtiriladi, shundan so‘ng sham yorug‘ligida mehmondorchilik bo‘ladi. So‘ngra Drakulaga taqlid qilgan holda qizil baxmal bilan qoplangan tobutga yotish taklif qilinadi. Buni istamaganlarga oddiy to‘shak beriladi. Sarimsoq va kumush taqinchoqlar taqiqlanadi.
Mavzuga oid
14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi
12:55 / 19.05.2025
Telegram asoschisi Ruminiyada senzura joriy etishdan bosh tortdi
12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi
11:30 / 06.05.2025