Tarixdagi eng halokatli epidemiya sabablari ma'lum qilindi
Nant universiteti (Fransiya) biologlari ispan grippining nima uchun ko‘p qurbonlarni keltirib chiqarganini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, bunga gemagglyutinindagi (virusning hujayralar bilan bog‘lanish xususiyatini ta'minlovchi oqsil) birgina aminokislotani o‘zgartiruvchi mutatsiya sabab bo‘lgan. Olimlar arXiv.org saytida chop etilgan maqolada o‘z xulosalari bilan bo‘lishishdi.
Tadqiqotchilar 1918 yilda vafot etgan kishining o‘pka to‘qima namunalarida joylashgan virusdan ajralib chiqqan HA aminokislotalar ketma-ketligini tahlil qilib chiqishdi. Bu ketma-ketliklar Biotexnologik axborotlar milliy markazida (NCBI) mavjud bo‘lgan ma'lumotlar bazasidagi boshqa ketma-ketliklar bilan taqqoslandi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 1918 yilgi gemagglyutinin boshqa oqsillardan 25 aminokislotasi bilan ajralib turadi. Ulardan biri - 188-vaziyatdagi glitsin - zararlangan hujayra yuzasiga ulanishni ta'minlovchi molekulaning asosiy hududida joylashgan. Bunday xususiyat boshqa viruslarning HA molekulalarida kamdan-kam uchraydi, shuning uchun, olimlarning fikricha, aynan shu narsa "ispan grippi"ning halokatiga olib kelgan.
Tadqiqotchilar gemagglyutininlardagi mutatsiyalar monitoringi viruslarning yangi halokatli turlarini aniqlashga yordam berishiga umid qilishmoqda.
"Ispan grippi" — 1918-1919 yillarda kuzatilgan gripp epidemiyasi. Olimlarning baholashicha, o‘shanda 550 million kishi ushbu virus bilan kasallangan, ulardan 50-100 million nafari halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024