Sport | 15:40 / 17.10.2016
8221
2 daqiqa o‘qiladi

Venger O‘zil bilan shartnoma tuzish haqida: Agar sizda pul ko‘p bo‘lsa, menga qo‘ng‘iroq qiling

«Arsenal» bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarim himoyachisi Mesut O‘zil bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar qanday kechayotgani haqida ma'lumot berdi.

2018 yilda amaldagi shartnomasi yakuniga yetib, erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan germaniyalik futbolchi yangi kelishuv orqali ko‘proq maosh olishni istamoqda. Qolaversa, «Arsenal» so‘nggi marta 2014 yilda APLda g‘olib chiqqan va futbolchi sovrinlar uchun jiddiy kurashadigan jamoada o‘ynashni istaydi.

«Agar siz yaxshi bankir bo‘lsangiz, menga qo‘ng‘iroq qiling (kuladi). O‘ylaymanki, Mesutni ko‘ndirish uchun alohida harakat qilish shart emas. U biz bilan qolishni istaydi. «Arsenal» chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Lekin APLda «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Chelsi», «Tottenhem» kabi jamoalar ham bor va ularning barchasi chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Lekin hech kimga g‘oliblik kafolatlanmagan. 

Muzokaralar olib borilmoqda, muzokaralar sokin kechgani ma'qul. Vaqti kelib bu haqida ma'lumot beramiz. Albatta biz o‘zimizning eng yaxshi futbolchilarimizni saqlab qolishni istaymiz. Bu haqda gap sotgandan ko‘ra, O‘zil bilan muzokaralarda qat'iyroq harakat qilib, xarajatni ayamaslik kerak», — degan Venger.

Manba: Tribuna.uz

Mavzuga oid