Apple kompaniyasi bundan buyon iPhone 4 va eski MacBook Air'ni qo‘llab-quvvatlamaydi
Joriy yilning 1 noyabridan Apple kompaniyasi iPhone 4 smartfonlari va MacBook Air 13 (2010 yilgi), AirPort Extreme (uchinchi avlod) va AirPort Time Capsule (ikkinchi avlod) noutbuklarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi. Bu haqida SlashGear saytida ma'lum qilindi.
Modellarning barchasi 2010 yilgacha bozorga chiqqan va kompaniya qoidalariga ko‘ra, ishlab chiqarilishi to‘xtatilganiga 5 yildan oshgan qurilmalar eskirgan hisoblanadi. Bu ushbu qurilmalar egalarining rasmiy servis markazlariga murojaat qilishi hamda telefonni qo‘llab-quvvatlash xizmati to‘xtatiladi deganidir. Shuni ta'kidlash joizki, Kaliforniya shtati va Turkiya aholisi bundan mustasno, bu yerlarda qonunga muvofiq, qurilmalarga yana 2 yil davomida qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko‘rsatilishi kerak.
Eski qurilmalarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishning aniq sanasi hozircha noma'lum. Biroq kompaniyaning yapon idorasi ma'lumoti hamda muddatlar tahlili tufayli SlashGear sayti Apple kompaniyasi o‘zining eskirgan qurilmalarini qo‘llab-quvvatlashni aynan 1 noyabrdan to‘xtatishini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 15.11.2024
Apple BBC, The Insider va "Exa Moskvy" podkastlarini Rossiyada yashirib qo‘ydi
23:31 / 14.11.2024
iCloud mijozlari Apple kompaniyasini sudga berdi
16:54 / 13.11.2024
Apple iPhone narxidagi kitobini chiqardi
11:28 / 10.11.2024