Jahon | 07:33 / 18.10.2016
6647
2 daqiqa o‘qiladi

Churkin Halabda doimiy sulh shartini ma'lum qildi

Foto: © AP

Halabdagi ishonchli muxolifat guruhlari terrorchilardan ajralib chiqsa, Halabdagi o‘t ochishni to‘xtatish davriy bo‘lmaydi, deb bayonot berdi RFning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin.

Churkinning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, agar o‘zlarini muxolifat deb atovchi guruhlar "Jabhat an-Nusra" terrorchilik guruhi tarkibidan chiqsa, "bu o‘t ochishni muddatsiz to‘xtatish davrini anglatadi".

"Biz "Nusra"ning har qanday o‘t ochishni to‘xtatish tartibidan jangni har joyda davom ettirish uchun qayta guruhlanish va qurol olishda foydalanganiga bir necha marta guvoh bo‘ldik", — degan Churkin.

RF Bosh shtabi 2016 yil 20 oktabr kuni soat 8.00 dan soat 16.00gacha Halabda gumanitar pauza e'lon qiladi. Bu vaqt mobaynida Suriya va Rossiya kuchlari zarbalar berishni to‘xtatadi. 

Churkinning so‘zlariga ko‘ra, agar muxolifat kuchlari va terrorchilarni ajratishning uddasidan chiqilsa, "”Nusra”ga ikkita yo‘ldan birini tanlash taklif etiladi: ular yo Staffan de Mistura bildirganidek shaharni tark etishadi, — yoki ularni mag‘lub etish kerak bo‘ladi". 


 

Mavzuga oid