Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistondagi shifoxonada ro‘y bergan yong‘in tufayli kamida 23 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Bxubaneshvar shtatidagi shifoxonalardan birida ro‘y bergan ulkan yong‘in oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatdi.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, yong‘in shifoxona qoshidagi tibbiyot fanlari intensiv terapiya instituti bo‘limi hududida chiqqan va tez orada shifoxonaning butun hududiga tarqalgan. Ko‘pchilik dimiqishdan jon bergan. Kuyish jarohati olganlar yaqin hududdagi shifoxonaga olib borilgan.
Qayd etilishicha, yong‘inga qarshi o‘nlab o‘t o‘chiruvchi bo‘linmalar kurash olib borgan. O‘tni butunlay o‘chirish uchun 2 soat vaqt talab etilgan.
Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi yong‘in vaqtida halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta'ziya izhor qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025