Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Milliy partiyasi prezidentlik davlat boshqaruviga o‘tish referendumini ma'qulladi
Turkiya Milliy Harakat partiyasi yetakchisi Devlet Baxcheli Turkiyaning prezidentlik davlat boshqaruviga o‘tish bo‘yicha referendum o‘tkazish g‘oyasini ma'qulladi.
"Prezidentlik boshqaruvi masalasini xalqqa taklif qilishda hech qanday muammo yo‘q. Biz bu masalani hal etish uchun xalqqa murojaat qilishdan bosh tortmaymiz", — degan Baxcheli Milliy partiyaning parlament fraksiyasida.
O‘tgan haftada Turkiya bosh vaziri, Adolat va Taraqqiyot partiyasi yetakchisi Binali Yildirim prezidentlik boshqaruviga o‘tishni nazarda tutuvchi yangi konstitutsiya loyihasini parlament muhokamasiga kiritishini ma'lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, parlament loyihani konstitutsion ko‘pchilik bilan ma'qullashi (parlamentning 367 nafar deputati ovoz bersa) yoki (330 nafardan ortiq deputat tasdiqlashi bilan) umumhalq referendumiga chiqarishi mumkin.
Keyinroq, Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ yangi konstitutsiya bo‘yicha referendum 2017 yil boshida o‘tkazilishi mumkinligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025