Sport | 21:56 / 19.10.2016
6179
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» - «Manchester Siti». Bugun «Kamp Nou»da 1500-rasmiy o‘yin o‘tkaziladi

YeChLning guruh bosqichi doirasida 3-tur uchrashuvida «Manchester Siti»ga qarshi kechadigan uchrashuv «Barselona»ning «Kamp Nou»dagi 1500-rasmiy o‘yini bo‘ladi.

Bu vaqtgacha o‘tkazilgan 1499ta rasmiy o‘yindan 1117tasida g‘alaba qayd etilgan. 238 uchrashuv durang bilan yakunlangan, 114ta uchrashuvda esa kataloniyaliklar mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishgan. Gollar nisbati - 3868-1189.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Ushbu jamoalar joylashgan S guruhida hozirda «Barselona» 6 ochko bilan peshqadam, «shaharliklar» hisobida esa 4 ochko jamg‘arilgan. Guruhdagi ikkinchi juftlikda «Borussiya» M «Seltik»ni qabul qiladi.

Manba: Tribuna.uz

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid