Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya hukumati xot-dog nomini taqvodor nomga o‘zgartirishni talab qildi
Malayziya islomni rivojlantirish departamenti do‘kon egalaridan tez ovqatlanishni xush ko‘radiganlar orasida ommaviy bo‘lgan xot-dog yeguligining nomini o‘zgartirishni talab qildi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
Agar hukumat tavsiyasi bajarilmasa, do‘kondan taqvoli mahsulotlarni sotishga ruxsatnoma tortib olinishi mumkin.
Departament rahbariyatining aytishicha, bunday chora sayyoh-musulmonlar tomonidan bildirilgan shikoyatlar sababli ko‘rilmoqda.
"Xot-dog" nomi xato o‘ylashga olib kelishi mumkin", deb aytdi departament boshlig‘i Sirojiddin Suxomiy.
"Islomda it (dog) nopok jonzot hisoblanadi, bu so‘z taqvoli mahsulotga aloqasi bo‘lishi mumkin emas", deb aytdi u.
Malayziyada taqvoli mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarida bunday mahsulotlar nomida vetchina, bekon, pivo, rom va boshqa bir qator islom aqidalariga zid keluvchi so‘zlar bo‘lmasligi kerakligi ko‘rsatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
14:50 / 13.05.2025
Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
12:42 / 01.05.2025
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
08:35 / 14.04.2025