Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Maniladagi AQSh elchixonasi oldidagi namoyish vaqtida politsiya mashinasi odamlarni bosib yanchdi
Filippin politsiyasi avtomobili Maniladagi AQSh elchixonasi oldida namoyish uyushtirayotgan odamlar ustiga bostirib bordi. “Assoshieyted Press” agentligi xabariga ko‘ra, jarohatlanganlar bor.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yuzlab odamlar mamlakatdan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab etib, namoyishga chiqishgan. Aktsiya vaqtida politsiya furgoni bir necha bor olomonga qarab bostirib borgan. Oqibatda uch nafar talaba jarohat olgan va ular shifoxonaga yetkazilgan.
Namoyish vaqtida politsiya xodimlari 21 nafar kishini hibsga olgan.
Ma'lum qilinishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlardan foydalangan.
Avvalroq, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte, Amerika maxsus bo‘linmalari mamlakatning janubiy mintaqalarini tark etishi lozimligi, chunki ular mazkur hududlarda aksilterror amaliyotlar o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotgani haqida bayonot bergan edi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025