Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Reuters: Afg‘on hukumati «Tolibon» bilan maxfiy muzokaralar olib bormoqda
Shu oyning boshlarida «Tolibon» harakatining yuqori lavozimli vakillari Afg‘oniston hukumati mulozimlari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuv Qatarda tashkil etilgan, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi vaziyatdan boxabar manbasiga tayangan holda.
Muloqotning asosiy mavzusi Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasi bo‘lgan. Rasmiy Kobul vakillari toliblardan o‘t ochishni butunlay to‘xtatish, qurollarni tashlab, rasmiy tinchlik muzokaralariga kirishishni talab qilishgan.
O‘z navbatida, «Tolibon» vakillari guruhni rasmiy siyosiy harakat sifatida tan olishni, yetakchilari va qo‘mondonlarining ismi-sharifini xalqaro qidiruv ro‘yxatidan olishni hamda qamoqxonada saqlanayotgan tarafdorlarini ozod etishni talab qilishgan.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uchrashuv ham avvalgilari kabi vaqtni bekorga sarf qilishdan iborat bo‘lgan. chunki, tomonlar muhokama etilgan mavzularning birontasi bo‘yicha kelisha olmagan.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
11:45 / 15.05.2025