Jahon | 21:42 / 19.10.2016
7276
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya bosh shtabi Mo‘sulning shturm qilinishi ortidan kuzatishga va'da berdi

Foto: Jens Kalaene / Globallookpress.com

Rossiya Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilish operatsiyasini hozircha Mo‘sulning bevosita shturmi hali boshlanmagan bo‘lsa-da diqqat bilan kuzatmoqda. Bunday bayonot bilan Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov chiqdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

"Biz Mo‘suldagi vaziyat va IShID jangarilariga qarshi operatsiyani kunbo‘yi kuzatmoqdamiz. U yerga kosmik razvedka qurilmalari yo‘naltirilgan hamda hudud yaqinida o‘ndan ko‘proq razvedka vositalarimiz, jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalari ishlamoqda", deb aytdi Gerasimov.

"Biz quruqlikdagi guruhning joylashishi va reaktiv artilleriya va aviatsion obektlar tomonidan shahar o‘qqa tutilishini kuzatmoqdamiz", deb qo‘shimcha qildi Gerasimov.

Uning aytishicha, jangarilar Mo‘suldan Suriyaga o‘tib ketishlari xavfi mavjud.

"Bizning asosiy e'tibor jangarilarning Mo‘suldan chiqib ketib yoki kelishuvga ko‘ra shaharni tark etib Suriyaga ketishi mumkinligiga qaratilgan. Umid qilamizki, bizning xalqaro koalitsiyadagi hamkorlarimiz IShIDning erkin ko‘chib yuruvchi yirik to‘dalari Yaqin Sharq mintaqasida qanday oqibatlarga olib kelishini anglamoqdalar. Shuning uchun terrorchilarni bir davlatdan ikkinchi davlatga quvish emas, balki joyida yo‘q qilish kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Gerasimov. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid