Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola «Barselona»dan uchralgan mag‘lubiyatni izohladi: Barchasini bitta epizod hal qildi
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChL guruh bosqichining 3-turida «Barselona»ga qarshi kechgan va 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Bravoning chetlatilishidan keyin o‘yin tamom bo‘ldi. Klaudio bunday bo‘lganidan xafa, lekin bu futbolning bir qismi. O‘yinning birinchi qismida biz faol bo‘ldik, pressing uyushtirdik, to‘pga egalik qildik va golli vaziyatlar yaratdik, lekin o‘z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Men boshidanoq qiyin guruhga tushganimizni bilgandim. Endi biz „Sauthempton“ bilan o‘yinga tayyorlanishni boshlashimiz kerak», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirgan BBC Sport.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvning 53-daqiqasida, o‘yinda hisob 0:1 bo‘lib turgan holatda manchesterliklar jamoasi darvozaboni Klaudio Bravo jarima maydonidan tashqarisida to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi va maydondan chetlatildi. O‘yinning qolgan qismida bir kishi kam bo‘lib qolgan Gvardiola shogirdlari yana 3ta gol o‘tkazdi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025