Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID Suriyada amerikaliklar samolyotini urib tushirgani haqida ma'lum qildi
IShID Suriya shimoli-sharqidagi Haseke viloyati hududida amerikaliklar samolyoti urib tushirilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda IShIDning targ‘ibot sayti bo‘lmish Amaq News Agency xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, jangarilar amerikaliklarning A-10 rusumli shturmovikini urib tushirishgan.
Ekstremistlar faoliyatini kuzatib boruvchi SITE Intelligence group ham shunday xabar tarqatdi.
Voqea tafsilotlari keltirilmagan.
Bu ma'lumot rasman tasdiqlanmadi.
Bungacha ham bir marta IShID shunday xabar tarqatgan, lekin bu ma'lumot tasdig‘ini topmagandi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi
09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024