Jahon | 11:12 / 20.10.2016
16689
2 daqiqa o‘qiladi

Kelishuv asosida Damashq yaqinidagi shaharni 800 nafar jangari o‘z oilalari bilan tark etdi

Foto: © RIA Novosti

Suriyada "gumanitar tanaffus" bo‘yicha kelishuv doirasida Damashq shahri atrofidagi Muadamiya shahridan 1710 kishi chiqib, Idlibga yo‘l oldi. RIA Novostining shahardagi manbasiga asoslanib xabar qilishicha, ular qurolsiz hamda yarador 800 nafar jangari hamda ularning oilalaridir.

Damashqning janubi-sharqidagi bu shahar Suriya armiyasi qamalida qolgan. Shahar ma'muriyati hukumat vakillari bilan o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

"Muadamiyadan jangarilarni olib chiqish jarayoni bugun yakunlandi. Shahardan jami 1710 kishi chiqib ketdi, shundan 800 nafari jangarilar. Shuningdek, 395 ayol hamda 515 nafar bola", degan manba.

Shahar politsiyasi ma'lumotiga ko‘ra, keyingi 2 kun davomida shaharda osoyishtalik hukm surib, davlat muassasalari xodimlari odatiy ishlariga kirishadi.

Bundan oldinroq, Damashq yaqinidagi boshqa bir shaharda, Darayyada va Homs shahrining shimolida yarador va qurolsiz jangarilarning hududlarni tark etishiga yo‘l qo‘yilgandi.

Shuningdek, Halabning sharqiy kvartallaridan qurolsiz jangarilarning ilk guruhlari chiqishi kuzatilgan.

Mavzuga oid