Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Halabdagi tanaffusni uzaytirishga va'da berdi
Vladimir Putinning bayonot berishicha, Rossiya Suriyaning Halab shahriga havo zarbalari berishda e'lon qilgan tanaffusni uzaytiradi. G‘arb mamlakatlari ushbu shaharni bombardimon qilish amaliyotini harbiy jinoyatlar, deb baholagan edi.
Rossiya rahbari Berlinda Fransiya va Germaniya yetakchilari bilan Ukraina va Suriyadagi inqirozni muhokama qilgani haqida avval xabar qilingan edi.
Rasmiy Moskva Berlin uchrashuvidan avval Halabda sakkiz soatlik gumanitar tanaffus e'lon qilgan edi.
Rossiya "...havo zarbalari berishdagi tanaffusni uzaytirishga tayyor", - degan Putin muzokaralardan so‘ng jurnalistlar bilan o‘tkazgan brifingida.
O‘z navbatida, Fransiya yetakchisi Fransua Olland Putin va Merkel bilan o‘tkazgan muloqotidan so‘ng, Halabda bomba va raketalar shifoxonalar hamda tinch aholi vakillari ustiga tushayotgani "harbiy jinoyatlar"ga yaqinligini ta'kidlab, buning javobgarlikni Rossiya zimmasiga yukladi. Uning aytishicha, Halab aholisi chidab bo‘lmas sharoitlarda qolmoqda.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025