Jahon | 20:34 / 20.10.2016
9739
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya Halabda “gumanitar tanaffus”ni bir kunga uzaytirdi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Halabdagi gumanitar tanaffus nomini olgan o‘t ochmaslik borasidagi rejim bir sutkaga uzaytirilgani haqida ma'lum qildi.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, mazkur qaror prezident Putin tomonidan qabul qilingan va Suriya rahbariyati tomonidan tasdiqlangan.
Halabdagi "Gumanitar tanaffus" 20 oktabrning tonggi soat sakkizida boshlangan va mahalliy vaqt bilan 19:00ga qadar davom etishi kerak.
BMTning ma'lum qilishicha, shahardagi tinch aholi vakillarini ko‘chirish uchun 12 soat vaqt talab etiladi.
Avvalroq Rossiya BMTni Halabda uch kun ichida sutkasiga 11 soatdan hech qanday bombardimonlar bo‘lmasligi haqida xabardor qilgan edi.
Mavzuga oid
23:51 / 24.11.2020
Halabdagi portlash sabab 15 kishi halok bo‘lgani aytildi
09:49 / 02.08.2018
Suriya hukumati Halabni qayta tiklashga kirishdi
10:23 / 30.04.2018
OAV Suriya bazalariga hujum haqida qo‘shimcha ma'lumot berdi
09:38 / 30.04.2018