Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston uchinchi chorakda XMI bilan atigi bitta zayom shartnomasi imzoladi
2016 yil uchinchi choragida Xalqaro moliya institutlari (XMI) bilan bitta zayom bitimi imzolagan. O‘zbekiston moliya vazirligining ma'lum qilishicha, sentabr oyi o‘rtalarida O‘zbekiston va Jahon banki «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi bo‘yicha zayom shartnomasini imzolagan.
Loyihaning umumiy qiymati 35,77 mln AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu loyihaning maqsadi ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatga olish tizimiga bog‘lanishni yaxshilash va samaradorligini oshirishdir.
U Respublika miqyosida amalga oshiriladi va O‘zbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasida ko‘chmas mulk kadastri va ro‘yxatga olishning yagona elektron tarmog‘ini tashkil etishni ko‘zda tutadi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?
09:55 / 21.05.2025