Jahon | 14:40 / 21.10.2016
4543
2 daqiqa o‘qiladi

Bryussel Belgiya HHKning Halabga zarba berganiga oid dalillarni «soxta» deb atadi

Foto: Riafan

Belgiya mudofaa vazirligi qirollik harbiy havo kuchlari samolyotlarining Suriyaning Halab shahriga berilgan havo zarbalariga aloqadorligini keskin rad etdi. Mudofaa ma'muriyati mazkur hodisa yuzasidan taqdim etilgan dalillarni “qalbaki” deb baholagan. Bu haqda, mudofaa vazirligi saytida so‘z yuritilgan. 

Unda aytilishicha, Belgiyaning Moskvadagi elchixonasi harbiy attashesi Rossiya mudofaa vazirligidan Belgiya HHK F-16 samolyotlarining Halab viloyatidagi tinch aholi vakillari o‘limiga olib kelgan havo zarbalariga aloqadorligini tasdiqlovchi hujjatlarni olgan. 

«Rossiya mudofaa vazirligi tomonidan Belgiya samolyotlariga tegishli ekani aytilgan «safdosh — begona» aniqlash raqamlari qirollik HHK samolyotlariga tegishli emas. Shu bilan ular qalbakidir», — deyiladi Belgiya mudofaa vazirligi bayonotida. 

Belgiya mudofaa vaziri Stiven Vandeput ham Halabning Hassajyek aholi punktiga havo zarbasi berishda mamlakat harbiy havo kuchlari ishtirok etganini inkor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belgiya «asossiz ayblovlar»dan rasman voz kechishlarini kutadi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid