Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika sudi narkobaron Gusmanni AQShga topshirishni ma'qulladi
21 oktabrga o‘tar kechasi Mexiko okrug sudi El Chapo (Pakana) laqabli narkobaron Xoakin Gusman Loerani uning advokatlari e'tirozlariga qaramasdan, AQShga topshirishni tasdiqlagani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
Gusmanni himoyalovchi advokatlardan biri Agence France-Presse axborot agentligiga sudning bu qarori yuzasidan oliy instansiyaga shikoyat berishini aytgan. "Sinaloa" narkokarteli yetakchisi himoyachilarida ekstraditsiya jarayonini to‘xtatishga barcha imkoniyatlar mavjud, chunki Meksikadagi eng taniqli jinoyatchilardan birining AQShga topshirilishi sanasi hali belgilanmagan.
Qayd etish joizki, AQShda Gusmanga u sodir etgan jinoyatlar – qotillik, odamlarni o‘g‘irlash, giyohvand moddalar savdosi uchun bir nechta umrbod jazosi berilishi mumkin.
Meksika hukumati avvalroq ham "1-raqamli narkobaron"ni AQShga topshirishni ma'qullagandi, biroq jinoyatchining advokatlari bu jarayonni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025