Jahon | 07:58 / 21.10.2016
7310
1 daqiqa o‘qiladi

JAR Xalqaro jinoyat sudi tarkibidan chiqishi sababini bildirdi

Foto: vilingstore.net

Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha ariza topshirdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

«JARning aniqlashicha, uning ziddiyatlarga tinch yo‘l bilan barham berish bo‘yicha qarashi ba'zan XJS taqdim etgan xulosaga zid keladi», — deyiladi hujjatda. Sud tarkibidan chiqish arizasini JAR TIV rahbari Maite Nkoana-Mashabane imzolagan.
 
Qayd etilishicha, respublikaning XJS bilan hamkorlikni to‘xtatishi bir yildan keyin kuchga kiradi. Shu bilan JAR ushbu xalqaro muassasa bilan ishlashni xohlamagan ikkinchi davlat bo‘ldi. Bundan avval, Afrikaning yana bir mamlakati Burundi ham shunday qaror qabul qilgan edi. 

Xalqaro jinoyat sudi 2002 yilda tashkil etilgan. U insoniyat va harbiy jinoyatlarga bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqadi. Tashkilotga 124 mamlakat a'zo bo‘lgan. 


 

Mavzuga oid