Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamalda qulagan Mi-8 vertolyoti qurbonlarining yaqinlariga 1 mln rubldan beriladi
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Yamalda baxtsiz hodisaga uchragan Mi-8 vertolyotining ikkita «qora qutisi»ni topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
««Qora qutilar»ning ikkalasi ham topildi. Tergov amaliyotlari yakunlangach, ular ochilib, o‘qish uchun yuboriladi», — degan agentlik manbasi. Ularning ikkisi ham yaxshi holatda ekani aytilmoqda.
Shuningdek, mintaqa rahbari matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, «favqulodda holat bo‘yicha o‘tkazilgan majlisda tovon to‘lash masalasi ko‘rib chiqilgan. Halok bo‘lganlarning oila a'zolariga 1 mln rubldan to‘lashga qaror qilingan».
So‘nggi ma'lumotlarga binoan, vertolyot bortida jami 22 kishi bo‘lib, ularning 19 nafari qurbon bo‘lgan, 3 nafari jabrlangan. Jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar ularning ahvolini o‘ta og‘ir deb baholashgan.
Avvalroq, 21 kishining hayotdan ko‘z yumgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
18:02 / 20.05.2025
Toshkentda kanalga tushib ketgan qizni qutqargan erkak halok bo‘ldi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025