Jahon | 11:44 / 22.10.2016
7844
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina prokuraturasi sobiq prezidentga yangi ayblovlarni ilgari surdi

Foto: © RIA Novosti

Argentina prokurorlari Xerardo Polisit va Ignasio Maykes mamlakat sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga nisbatan yangi ayblovlarni e'lon qildi. Unga ko‘ra, sobiq prezident davlat shartnomalarini imzolashda korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan, deb yozmoqda Clarín gazetasi.

Prokurorlar infratuzilma loyihalarini qurish bo‘yicha 15ta shartnomani o‘rganib chiqishgan. Ularning barchasi tadbirkor Lasaro Bayes kompaniyalariga taqdim etilgan. Polisit va Maykeslarning ta'kidlashicha, bitimlarni imzolashda ko‘plab qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan. 

"Bu o‘tgan yillarda korrupsiya tizimi mavjud bo‘lganini, u sobiq prezidentlar Kristina Fernandes de Kirshner va uning marhum turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshnerning oilaviy do‘sti foydasiga xizmat qilganini ko‘rsatadi", - deyiladi prokurorlar murojaatida. 

Mavzuga oid