Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘tkazilgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon shaxmat yulduzlari o‘rtasidagi xalqaro turnir yakunlandi
Toshkentda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tezkor shaxmat bo‘yicha jahon shaxmat yulduzlari o‘rtasidagi xalqaro turnir yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada Rustam Qosimjonov, Shahriyor Mamedyarov (Ozarbayjon), Boris Gelfand (Isroil), Ruslan Ponomaryov (Ukraina) singari mahoratli shaxmatchilar aylanma tizimda g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi.
Musobaqa doirasida taniqli grossmeysterlar tomonidan yosh shaxmatchilarga mahorat saboqlari o‘tkazildi.
Jahon shaxmat yulduzlari o‘rtasidagi xalqaro turnirning yakuniga ko‘ra, Shahriyor Mamedyarov 8 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Boris Gelfand 6 ochko bilan ikkinchi, Rustam Qosimjonov 5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025