Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Tsukerberg Trampning Facebook tarmog‘idagi bayonotlarini senzura qilmaydi
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Tsukerberg AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Trampning bayonotlarini senzura qilmaslik xususida ko‘rsatma berdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar qilmoqda.
Nashrning yozishicha, Tsukerberg Respublikachilar partiyasi nomzodining bayonotlarini tahrir qilish, garchi ular birmuncha keskin ruhda bo‘lsa-da, nojoiz ekani haqida bayonot bergan.
Ayni chog‘da, nashrga ko‘ra, bu qaror Facebook xodimlarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Ularning aksariyati, ijtimoiy tarmoq me'yorlari buzilayotganini aytishgan.
O‘z navbatida kompaniya matbuot xizmati, Tramp bayonotlarining keskinligiga emas, uning mohiyatiga e'tibor qaratilishini bildirgan.
Mavzuga oid
18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi
08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi
22:38 / 30.01.2025
Meta kompaniyasi Trampga 25 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi
22:15 / 15.01.2025