Jahon | 20:24 / 23.10.2016
10712
2 daqiqa o‘qiladi

Eron prezidenti AQShdagi prezidentlik poygasini "yomon" va "eng yomon" o‘rtasidagi tanlov deb atadi

Foto: REUTERS

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar ichidan eng ommaviylarini nazarda tutib, AQShdagi prezidentlik poygasida odamlar "yomon" va "undan ham yomonroq" o‘rtasida tanlashayotganini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.    

"Amerika 200 yildan beri demokratiya borligini aytib keladi, ularda 50 dan ko‘proq prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tgan, biroq bu davlatda ma'naviyat yo‘q", deb aytdi Ruhoniy.

Ruhoniyning aytishicha, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton va Donald Tramp debatlarda o‘zaro bir-birlarini ayblab, bir-birlarini mazah qilib kelmoqdalar. Ruhoniy AQShdagi saylovoldi poygasida kimni afzal ko‘rishi haqidagi savolga u poygada yomon va undan ham yomonroq o‘rtasida tanlov bo‘layotganini ko‘rayotganini aytdi va bu ta'riflardan qaysi biri qaysi nomzodga tegishli ekanligi borasida  aniqlik kiritmadi.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid