Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 3 yil mobaynida korrupsiyada ayblangan mulozimlar soni e'lon qilindi
XXR kommunistik partiyasi oxirgi 3 yilda mamlakatda olib borilgan korrupsiyaga qarshi kurash natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, bir milliondan ortiq mulozim va davlat xizmatchilariga nisbatan korrupsiya ayblovi bo‘yicha tergov ishlari olib borilgan.
BBC telekanalining xabariga ko‘ra, bu ma'lumotning e'lon qilinishi korrupsiyaga qarshi yangi siyosatning samaradorligini ko‘rsatishi kerak. U XXR raisi Si Tszinpin tashabbusi bilan boshlangan edi.
Partiya markaziy qo‘mitasining intizom inspeksiyasi, shuningdek, 400dan ortiq qochqin poraxo‘rlar davlat tashqarisida qo‘lga olinganini ma'lum qildi.
Shu kunlarda Pekinda Xitoy kommunistik partiyasining yopiq s'yezdi bo‘lib o‘tmoqda. Ayrim tahlilchilarning fikricha, partiyaning 4 kunlik anjumanida davlat hokimiyatini kuchaytirish va Si Tszinpin vakolatlarini kengaytiruvchi qarorlar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025