Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshloqlik inspektor sud qarshisida barcha ayblarini tan oldi
Toshloq tuman texnazorat inspektori I.Boqijonovga traktor hujjatlarini yangilash xarajatlari 1 mln. so‘m evaziga tayyor bo‘lishini aytdi. Aslida esa hujjatlar xarajatiga 150 ming so‘m talab etilar edi xolos. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Tumandagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari I.Boqijonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) inspektorga telefon qildi. Mahalla guzarida uchrashadigan bo‘lishdi. Kelishilgan joyda Suratjon Jiyanov pulni olib, cho‘ntagiga soldi. I.Boqijonov ketganidan keyin unga huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari peshvoz chiqib, o‘zlarini tanishtirishdi. Inspektor S.Jiyanovning hozirgina olgan pulni berib, qilmishiga iqror bo‘lishdan o‘zga chorasi qolmadi.
Sudda tasdig‘ini topgan holatga ko‘ra, tumanda qishloq xo‘jaligi texnikasi davlat inspektori lavozimida ishlagan S.Jiyanov fermer xo‘jaligi rahbarining iltimosini yerda qoldirmay, xo‘jalik balansida bo‘lgan “VT-150” rusumli traktorning texnik pasportini almashtirib, yangi davlat raqami olishi uchun ruxsat berishga 1 mln. so‘m pul talab qilgan edi.
Sud sobiq inspektorni 2 yil muddatga “Davlattexnazorat” inspeksiyasi idoralari tizimida ishlash huquqidan mahrum qilib, uch yil axloq tuzatish ishlari jazosini tayinladi.
Mavzuga oid
07:49 / 19.03.2025
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi
10:57 / 20.01.2025
Navoiyda inspektor 16 yoshli bola boshqaruvidagi mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
15:27 / 11.01.2025
Ekologiya nazorati inspektorlari maxsus xizmat quroli bilan ta’minlanadi
15:04 / 03.11.2024