Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilish amaliyotini keskin tanqid qildi
AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp Mo‘sulni IShIDdan ozod qilish bo‘yicha amaliyotga oid o‘z fikrini bildirdi. Uning aytishicha, mazkur jangovar amaliyot yirik musibatdir. Chunki, terrorchilar bu haqda avvaldan bilishgan va u jangarilar uchun kutilmagan hol bo‘lmagan. Bu haqda milliarder Tvitterdagi mikroblogida so‘z yuritgan.
«Mo‘sulga hujum qilish — bu yirik musibatdir. Biz ularni bir necha oy avval ogohlantirdik. AQSh shu qadar ahmoq ko‘rinadi», — deb yozgan Tramp.
U xabarining so‘ngida, AQSh fuqarolarini bo‘lg‘usi saylovlarda o‘zi uchun ovoz berishga chaqirgan. Bu esa, uning saylovchilariga «yana g‘alaba qozonish»ga imkon beradi.
Avvalroq, Iroq QK Mo‘sul shahriga kiraverishdagi so‘nggi aholi punktiga kirgani xabar qilingan edi.
Donald Tramp shuningdek, prezident bo‘lsa, AT&T telekommunikatsiya kompaniyasining Time Warner mediakompaniyasini xarid qilishini ma'qullamasligini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025