Jamiyat | 10:52 / 25.10.2016
3825
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Xitoy fazoda hamkorlik qilishni davom ettiradi

Foto: EPA

AQSh va Xitoy vakillari fazoni o‘rganish sohasida hamkorlik qilishga doir ikkinchi davra muloqotini o‘tkazishdi. Bu haqda AQSh davlat departamenti matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Vashingtonda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda, asosan, ikki tomon tashqi ishlar mahkamalari rasmiy vakillari ishtirok etishgan. Bundan tashqari, Amerika delegatsiyasi tarkibiga NASA direktori Charlz Bolden, AQSh okean va atmosferani o‘rganish Milliy boshqarmasi xodimlari, Federal aviatsiya boshqarmasi va mudofaa vazirligi vakillari kirgan. 

"Tomonlar uchrashuvda o‘zlarining siyosati va fazoviy dasturlari borasida fikr almashib, kelgusi hamkorlikni muhokama etishgan", - deyiladi davlat departamenti xabarida. Unda, xususan, Yerga yaqin fazo kengliklari, iqlim o‘zgarishlari, fazoviy chiqindilar va parvozlar xavfsizligiga oid muammolarga e'tibor qaratilgan. 

Muzokaralarning navbatdagi davrasi 2017 yilda Xitoyda bo‘lib o‘tishi belgilab olingan. 
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid