Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Huquqni himoya qilish tashkilotlari Suriyaga bog‘liq yangi talabni ilgari surishdi
Jahonning 80dan ortiq huquqni himoya qilish va gumanitar tashkilotlari, rasmiy Moskvaning Suriyadagi siyosati tufayli Rossiyani Inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashi a'zoligidan mahrum etishni talab qilishmoqda. Bu haqda Independent nashri yozmoqda.
Tashkilotlar ushbu masalani Inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashida shu hafta juma kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan ovoz berish jarayonidan avval ko‘tarishgan. Ovoz berish jarayonida Rossiya, Vengriya va Xorvatiya Kengash ishida Sharqiy Yevropa manfaatlarini aks ettirish huquqi uchun kurashadi, deb yozadi Independent.
Huquqni himoya qilish tashkilotlari o‘z bayonotlarida juma kuni ovoz beruvchilarni bir jihatga e'tibor berishga chaqirgan. U ham bo‘lsa, ularning ta'kidlashicha, "RFning Suriyadagi siyosati uning inson huquqlariga sodiqligini uqdirishiga zid o‘laroq amalga oshirilmoqda".
Independent nashrining ma'lum qilishicha, tashkilotlar shuningdek, RFning BMT XK doimiy a'zosi sifatida Halabda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga vetosi hamda havo zarbalarini qo‘llab-quvvatlashi Inson huquqlari bo‘yicha BMT Kengashi maqsad va vazifalariga mos kelmaydi. Murojaatni imzolagan tashkilotlar orasida — Human Rights Watch va Care International kabilar ham bor, deb yozadi gazeta.
Mavzuga oid
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
16:19 / 24.05.2025
AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
15:40 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
23:00 / 20.05.2025