Jahon | 11:42 / 26.10.2016
22085
2 daqiqa o‘qiladi

Atambayev Qirg‘iziston hukumatini iste'foga chiqardi

Foto: © RIA Novosti

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev respublika hukumatining iste'fosi haqidagi farmonga imzo chekdi. Farmon u imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar qilgan

25 oktabr kuni parlament spikeri ko‘pchilik koalitsiyasining tarqatib yuborilishi haqida rasman ma'lum qilgandi.

Xabarda aytilishicha, respublika vazirlar mahkamasining iste'fosi to‘rtta deputatlik fraksiyalari o‘rtasidagi kelishuv asosida shakllangan parlament koalitsiyasi maqomining yo‘qotilishi haqida rasman e'lon qilingani bois qabul qilingan.

"2015 yil 2 noyabrda Qirg‘iziston Jogorku keneshida SDPK, "Kirgizistan", "Onuguu-Progress", "Ata Meken" fraksiyalari o‘rtasidagi koalitsion kelishuv asosida shakllangan Qirg‘iziston respublikasi hukumati iste'foga chiqarildi deb hisoblansin", — deyilgan xabarda.

Shu bilan bir vaqtda bosh vazir, bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, respublika ma'muriy boshqaruv rahbarlariga hukumatning yangi tarkibi va boshqarmalar rahbarlari tayinlangunga qadar vazifalarini bajarishni davom ettirish taklif etildi.

Mavzuga oid