Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada 8 kishini o‘ldirgan hamshira sudlanmoqda
26 oktabr, seshanba kuni Kanadada hamshira Elizabet Treysi Mai Fettlaufer ustidan sud ishi boshlandi, u 8 nafar kishining o‘limida ayblanmoqda. Bu haqida VVS xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, hamshira o‘zi ishlaydigan qariyalar uyida yashovchi 8 nafar kishini o‘ldirgan. Qariyalar uyi binolari Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Vudstok va London shaharlarida joylashgan.
Qurbonlarning yoshi 75 yoshdan 96 yoshgacha bo‘lgan. Ularning 5 nafari - ayol kishi, 3 nafari esa - erkaklar bo‘lgan.
Politsiyaning xabariga ko‘ra, hamshira ularga halokatli dozadagi dorini yuborgan.
Vudstok politsiyasi boshlig‘i Uilyam Renton 49 yoshli hamshira Fetllauferning nima maqsadda bunday qilganligini ma'lum qilmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, politsiya halokatli doza yuborilgan barcha bemorlarni aniqlagan.
Qotilliklar 2007 yildan 2014 yilga qadar sodir etilgan.
Bu 2006 yildan buyon Ontariodagi eng yirik jinoiy ishdir, o‘sha yili baykerlar guruhining 8 nafar a'zosi o‘ldirilgandi. Ularning o‘limida 5 kishi aybdor deb topilgan.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
16:51 / 22.05.2025