Sport | 23:31 / 27.10.2016
10433
1 daqiqa o‘qiladi

Mourino jazolanishi mumkin

Foto: MYu matbuot xizmati

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinoga FA tomonidan hakam sha'niga aytilgan so‘zlari uchun rasmiy ayblov e'lon qilindi. Bu haqda assotsiatsiya saytida ma'lum qilingan.

FA mutaxassisga Angliya chempionati 8-turida «Liverpul» - «MYu» o‘yinida ishlagan hakam Entoni Teylor haqida aytgan gaplari uchun javobgarlik yuklamoqchi. 17 okyatbr kuni o‘tkazilgan bu o‘yin 0:0 hisobida yakunlangan, Mourino hakamning ishiga baho beraturib, u bosim ostida qolganini aytgandi.

«Janob Teylor – yaxshi hakam, biroq kimdir unga aniq maqsadlar bilan bosim o‘tkazmoqda. U yaxshi hakamlik qilolmasa kerak» - degan edi Mourino.

Daily Mail xabariga ko‘ra, bu gaplari uchun Mourino FA tomonidan jarimaga tortilishi mumkin.

31 oktabrgacha Mourino ayblovga javob qaytarishi kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid