Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soslan Tigiyev doping tufayli 2008 yilgi Olimpiadaning «kumush» medalidan mahrum etildi
2008 yilgi Olimpiya o‘yinlarida medal olgan 6 nafar sportchining doping namunalari qayta tekshiruvdan o‘tkazilganidan so‘ng ularning qon tarkibida taqiqlangan moddalar bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda XOQ matbuot xizmati xabar bergan.
Ular qatorida O‘zbekiston bayrog‘i ostida Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadalarida chiqish qilgan erkin kurashchi Soslan Tigiyev bor bo‘lib, u endi Pekin Olimpiadasidagi kumush medalidan mahrum etildi.
2012 yilda Soslan Tigiyevning qon tarkibida taqiqlangan metilgeksaneamin preparati aniqlanganidan so‘ng, u London–2012 Olimpiadasining bronza medalidan mahrum qilingan edi.
Soslan Tigiyev bilan bir qatorda Pekin–2008 Olimpiadasining to‘qqiz sportchisi, shulardan sovrindor bo‘lgan 6 nafari diskvalifikatsiya qilingan. Bu 2015 yil avgustida boshlanib, Jahon antidoping agentligi (WADA) va xalqaro federatsiyalarni o‘ziga jalb etgan ma'lumotlar yig‘ish jarayonining natijasi hisoblanadi.
Bular orasida Belarusdan 2 nafar, Rossiya, Ukraina, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Kuba, Ispaniya va O‘zbekistondan bir nafardan vakil bor. Xususan, Soslan Tigiyevning akasi, Qozog‘iston nomidan chiqish qilgan Taymuraz Tigiyev (kumush) ham medalidan ayrilgan. Unda turinabol moddasi aniqalangan. Doping namunasi ijobiy chiqqan Rossiya vakili esa yengil atletikachi Yekaterina Volkova (turinabol) ekani ma'lum.
Shuningdek, ukrainalik og‘ir atletikachi Olga Korobka (kumush), belaruslik og‘ir atletikachi Andrey Ribakov (kumush), belaruslik og‘ir atletikachi Anastasiya Novikova (bronza) medallardan mahrum bo‘lgan.
Pekindagi Olimpiadada medallarni qo‘lga kirita olmagan ozarboyjonlik og‘ir atletikachi Sardar Gasanov, kubalik balandlikka sakrovchi Vilfredo Martines (5-o‘rin) va ispaniyalik to‘siqlar osha yuguruvchi Jozefin Onyaning ham taqiqlangan preparatlar qabul qilgani ma'lum bo‘ldi.
Bundan oldinroq, Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadalarining doping namunalari qayta tekshiruvidan so‘ng O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan Artur Taymazovning doping namunasi ijobiy chiqqan va u Pekin–2008 oltin medalidan mahrum etilgandi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi
18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi
19:08 / 07.08.2024