Jahon | 15:35 / 27.10.2016
4106
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sharqidagi portlash oqibatida bir harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Turkiya qurolli kuchlari serjanti mamlakat sharqida joylashgan Bingul provinsiyasining Kigi tumanida portlagan bomba oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi yozmoqda.

Portlash harbiy xizmatchi bo‘lgan zirhli mashina harakatlanayotgan bir vaqtda sodir bo‘lgan. Voqea joyiga politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan. O‘rnatilgan bombani qidirish va zararsizlantirish operatsiyasi olib borilmoqda. Teraktda Turkiyada taqiqqa ega Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) gumon qilinmoqda.

Ma'lumot uchun, 2015 yilning iyulidan beri KIP jangarilari bilan bo‘layotgan to‘qnashuvlarda 800 nafarga yaqin harbiy va politsiya xizmatchisi halok bo‘lgan. Turkiya bosh shtabining ma'lum qilishicha, shu davrda KIPning 7 mingga yaqin a'zosi yo‘q qilingan.

Mavzuga oid